Yangiliklar

Yurtimiz mustaqilligining 24-yilligi qutlug' bo'lsin!

Qadrli do‘stlar! Annex jamoasi nomidan Sizni va oila a‘zolaringizni Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Sizga va yaqinlaringizga tinchlik-xotirjamlik, mustahkam sog‘lik, mustaqilligimiz barqarorligi yo'lida qilayotgan barcha ishlaringizda rivoj tilab qolamiz. Mustaqilligimizning 24-yilida sizga tinch-totuvlik, barqarorlik va o’z oldingizga qo’ygan barcha maqsadlaringizga erishishingizni tilaymiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz bardavom bo'lsin!


IYD Ramazon Hayit bayramingiz qutlug' bo'lsin!

Biz jamoamiz nomidan siz azizlarni, ushbu Musulmon ahlining Ulug' ayyomi bo'lmish kirib kelayotgan Muborak IYD RAMAZON HAYITI bilan chin dildan qutlab qolamiz! Olamlarning Robbisi bo'lgan Parvardigorimiz barchamizni ibodatlarimizni o`z dargohida qabul va maqbul aylab, duolarimizni mustajob qilsin! Ushbu Ulug` kunlarda nimai-ki yaxshi va holisona niyat qilgan bo`lsangiz, barchasi ro`yobga chiqishini yaratgan Tangrimizdan so'rab qolamiz! Yana shunday Ulug' kunlarda siz Azizlar bilan birga bo'lishlikni nasib aylasin!


Mehr-oqibat va insonparvarlik bayrami Navro'zi ayyom muborak!

Navro’z mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi, keksa, noguron, yolg’iz qariyalar, ota-onalar yo’qlanadi, bayram dasturxoni yozilib, mehmon kutiladi, kishilar bir-birlariga sovg’a-salomlar ulashib shirinliklar hadya etishadi. Xalqimizda "Yaxshi odam – ko‘zidan, yaxshi yil – Navro‘zidan ma’lum" degan chuqur mazmunli maqol bor. Bu yilgi Navro‘zimiz har tomonlama xosiyatli, qutlug‘ qadamlar bilan kelsin. Barchamizning tilagimiz – Yaratganimizning o‘zi el-yurtimizga, har bir oila, har bir xonadonga fayzu baraka, baxtu saodat bersin, dasturxonimizni to‘kin, rizqimizni butun qilsin.


Bahor ayyomi 8 mart bilan!

"Annex" jamoasi aziz ayollarni 8 - mart Halqaro Xotin - qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etadi. Oilangizga tinchlik hotirjamlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Xech qachon ko'zingizdan yosh oqmasin. yol toki mavjud ekan, yurakdagi olov so’nmaydi, bilakdagi kuch kamaymaydi, iroda, shiddat, mehr va muhabbatimiz bo’y cho’zib boraveradi. Qalblarimizda nur, ongizmizda shuur jilva etaveradi. Barchangizni shu tafakkur kunda, mehr va muhabbat porlayotgan, sevinchu shodiyonalik sepi yoyilgan aziz kunda ayyomingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Dilimizdagi eng sara, eng ezgu, eng iliq tilaklarni tilab qolamiz.